» » Fazliddin G‘oibnazarov mag‘lubiyatga uchradi

Fazliddin G‘oibnazarov mag‘lubiyatga uchradi


Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarov 12-may tongida o‘zining sakkizinchi jangini o‘tkazdi.

AQShning Arizona shtati Tukson shahrida bo‘lib o‘tgan jangda unga amerikalik Maykl Foks (20 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat) raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Hakamlar ochkolar bo‘yicha Foks g‘alaba qozonganini e’tirof etdi. Unga ko‘ra, 96-92, 96-92, 95-93 hisoblarida Maykl Fazliddin ustidan g‘alaba qozondi.

Qayd etish joiz, Fazliddin professional ringdagi sakkizinchi jangida o‘zining dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. U bungacha o‘tkazilgan 7 ta jangning barchasida g‘alaba qozongandi.

Eslatib o‘tamiz, Foks uch oy muqaddam o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Shohjahon Ergashevga ochkolar hisobiga yutqazgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют