» » Alisher Usmonov Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatida sakkizinchi o‘rnidan joy oldi

Alisher Usmonov Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatida sakkizinchi o‘rnidan joy oldi


Boyligi 11,33 mlrd funt sterlingga (14,72 mlrd dollar) baholangan Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatning 8-o‘rnidan joy oldi. Bu haqda The Sunday Times nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Alisher Usmonov bir yil ichida 783 mln funt sterlingga (1,017 mlrd dollar) “boyigan”. 2018-yil yozida Usmonov “Arsenal” futbol klubining o‘ziga tegishli 30 foiz aksiyasini amerikalik tadbirkor Sten Kronkega 550 mln funt sterlingga (714 mln dollar) sotib yuborgan va bu bitimdan 300 mln funt sterling (390 mln dollar) ishlab olgan.

Shuningdek, Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatidan rossiyalik ikki tadbirkor – Millhouse’ning asosiy egasi Roman Abramovich va “Alfa-Bank”ning eng yirik aksiyadori Mixail Fridman ham o‘rin olgan.

Roman Abramovich reytingdagi 13-o‘rindan 9-o‘ringa ko‘tarilib olgan. Uning boyligi 11,22 mlrd funt sterlingga (14,58 mlrd dollarga) baholangan.

Ro‘yxatning 10-o‘rnidan joy olgan Mixail Fridmanning boyligi 10,9 mlrd funt sterlingga (14,17 mlrd dollar) baholangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют