» » O‘zbekistonda qaysi kasalliklarga chalingan bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi?

O‘zbekistonda qaysi kasalliklarga chalingan bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi?


O‘zbekistonda ba’zi kasallikka chalingan bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi, bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy-axborot” Telegram kanali ma’lumot beradi.

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi:

— nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);

— eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);

— ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar);

— tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqa, bo‘g‘imlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqaning idiapatik deformatsiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish a’zosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; xondrodistrofiya; bolalar serebral falaji; meningoensefalitga chalingandan keyin hamda tug‘ruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish a’zolarining barcha patologiyalari (gemiparez, paraparez, monoparez va shu turdagi plegiyalar); poliradikulonevritlar va ularning asoratlari);

— psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi);

— murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi);

— sil kasalligining ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.

Bunday bolalarni bog‘cha pulidan ozod qilish tegishli tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasiga asosan amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют