» » O‘zbekistonda 300 ming nafardan ortiq hamshira kasb bayramini nishonladi (foto)

O‘zbekistonda 300 ming nafardan ortiq hamshira kasb bayramini nishonladi (foto)


Poytaxtdagi Xalqlar do‘stligi san’at saroyida 12-may — Xalqaro hamshiralar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmanov, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Farhod Xanapiyayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Xalqaro hamshiralar kuni bilan samimiy qutladi.

— Zamonaviy tibbiyotni hamshiralarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Eng ilg‘or texnologiyalarga asoslangan amaliyotlarni o‘tkazish jarayonidan tortib, operatsiyadan keyingi bemor parvarishi, laboratoriya-diagnostika sohasi, uyma-uy yurib, oiladagi tibbiy madaniyat darajasining yuqori bo‘lishida patronaj hamshiralarning o‘rni beqiyos, — dedi Alisher Shodmanov. – Shu bois davlat rahbari tashabbusi bilan olib borilayotgan tibbiy-ijtimoiy islohotlar jarayonida hamshiralik ishini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayapti. Prezidentning joriy yil 6-may kungi tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirishga oid qaroriga ko‘ra, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda 300 ming nafardan ortiq kasbiga sadoqatli hamshiralar tibbiyotning turli bo‘g‘inlarida samarali faoliyat yuritib kelayotganini ta’kidlamoqchiman. Ular oldida hamisha ta’zimdamiz.

Qayd etish joizki, bugungi kungacha Toshkent tibbiyot akademiyasi va tibbiyot institutlarining “Oliy hamshiralik ishi” bo‘limlarida anesteziologiya va reanimatsiya, xirurgiya, akusherlik va menejment kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha 4,5 ming nafar oliy ma’lumotli bakalavr xamshiralar tayyorlandi, yuzga yaqin hamshiralar magistr darajasiga ega. Ular davolash-profilaktika muassasalarida bosh, katta va yetakchi hamshira hamda tibbiyot instituti va kollejlarida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Yana bir e’tiborli jihati, 18 nafar oliy ma’lumotli hamshira tibbiyot sohasida falsafa doktori (PhD) ilmiy unvoniga ega bo‘ldi.

Tantanali tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida o‘tgan yil davomida samarali faoliyati bilan aholi salomatligini saqlashda munosib hissa qo‘shgan bir guruh hamshiralar tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют