» » Samarqand davlat tibbiyot instituti va Kastiliya La-Mancha universiteti (Ispaniya) o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

Samarqand davlat tibbiyot instituti va Kastiliya La-Mancha universiteti (Ispaniya) o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi


2019-yilning 6-may kuni Ispaniya Qirolligining Kastiliya La-Mancha universiteti (Universidad de Castilla-La Mancha) xalqaro ishlar va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektori Fatima Guadamillas Gomez, xalqaro aloqalar bo‘limining akademik direktori Jordi Gimeno Bevia va Ispaniya elchixonasining xodimi Alexandro Pastranalardan iborat delegatsiya Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi, deb yozadi Zarnews.

Tashrif davomida mehmonlar institutda o‘quv jarayonining tashkil etilishi, axborot-resurs markazi, test markazi, elektron kutubxona va simulyatsion ta’lim markazini ko‘zdan kechirdi. Ispaniya universiteti vakillari institutda yevropa ta’lim talablariga to‘liq javob bera oladigan oliy tibbiy ta’lim olish maqsadida yaratilgan shart-sharoitlarga yuqori baho berdi.

SamDTI rektori, professor A.M.Shamsiyev qabulida ispan delegatsiyasining a’zolari iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirib institutda yaratilgan ta’lim resurslari va moddiy-texnik bazasidan mamnun ekanligini aytib o‘tdi. A.Shamsiyev mintaqada insoniyat tamadduni azal-azaldan rivoj topib kelayotgani, qadimiy va hamisha navqiron azim Samarqand shahri Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida bekat vazifasini o‘taganligi, o‘rta asrlardan Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasida elchilik aloqalari, shu jumladan Rui Gonsales de Klavixo aynan Kastiliya va Leondan elchi bo‘lib Sohibqiron Amir Temur huzuriga kelganligi to‘g‘risida so‘zlab berdi va ta’lim sohasidagi hamkorlik qilish taklifi uchun samimiy minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

O‘zaro manfaatli muloqot natijasida Samarqand davlat tibbiyot instituti va Kastiliya-la-Mancha universiteti (Toledo, Ispaniya) o‘rtasida oliy ta’lim sohasi hamda ilmiy va akademik almashuvlar haqida memorandum imzolanib, yaqin istiqboldagi samarali hamkorlikning ilk qadamlari qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют