» » Tramp Xitoy mahsulotlariga nisbatan boj to‘lovini o‘zgartirmaydi

Tramp Xitoy mahsulotlariga nisbatan boj to‘lovini o‘zgartirmaydi


AQSh prezidenti Donald Tramp ayni paytda Xitoy mahsulotlariga nisbatan solinadigan boj siyosatini o‘zgartish niyatida emas. Bu haqda Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirdi, deb xabar beradi “Korrespondent”.

Trampning eslatishicha, Pekin AQSh bilan tuzilgan bitim shartlarini qayta ko‘rib chiqish maqsadida uni bekor qilgan.

“Tariflar hisobiga Xitoydan o‘nlab milliard dollar olamiz”, — deya ta’kidlaydi AQSh prezidenti.

Xitoy tariflarni joriy etishda bundanda jiddiy oqibatlardan qochishni istasa, AQSh hukumati tepasiga demokratlarning kelishini kutmasdan, hozir savdo bitimini imzolashi kerak, deyiladi xabarda.

“O‘ylashimcha, Xitoy yaqinda o‘tkazilgan muzokalarda qattiq taajjubga tushgani sabab, 2020-yilgi saylovlarda demokratlar yutishiga umid bildirishi kerak. Bu holda ular AQShdan yiliga 500 milliard dollar o‘marishni davom ettiraveradi. Ikkinchi muddatga prezident etib saylansam, xitoyliklar uchun bitim bundan ham yomonroq bo‘ladi”, — deb yozadi Tramp.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...