» » Buxoroda 2018-yilda tugilgan egizaklarning onasi etiborsizlikdan shikoyat qildi

Buxoroda 2018-yilda tugilgan egizaklarning onasi etiborsizlikdan shikoyat qildi


Buxoro viloyat Jondor tumanidagi Qozikent qishlogida bundan roppa-rosa bir yil oldin 2018-yilning 1-iyunida Xalqaro bolalarni himoya qilish bayrami kuni Farhod Turobov hamda Marifat Jorayevalar xonadonida egizaklar dunyoga kelgan. Egizaklarga Ozbekiston Prezidentiga ehtirom sifatida Shavkat, Miromon va Mirziyo nomlari berilgan.

Shu kuni oilamiz quvonchga toldi. Shukurki, uch egiz ham soglom dunyoga keldi. Bolalarim tugilganda Shavkat 2,8 kg, Mirziyo 1,8 kg hamda Miromon 2,6 kg vazn ogirlikda edi. Egizaklarga bu nomni berishdan boshqa maqsadlarni kozlashgan, degan oyga borishmasin uchun, togrisi, ijtimoiy tarmoqlarga yozish yoki shov-shuvga sabab bolishdek nazartalablikdan yiroq turdik. Bunday maqsadni kozlagan emasmiz. Ammo oddiygina insoniy etibor, tabrikka ham loyiq korilmaslik kishi kongliga ozor ekan. Egizlarimizdan tashqari, yana bir ogil va bir qiz farzandimiz bor. Uch egizni ogir operatsiya yoli bilan dunyoga keltirganim uchun ularning enagasiz oyoqqa turgizishda qiynalib qolayotganim bor gap. Shu maqsadda tuman hokimligiga uch egizga uch enaga yollashim, vaqtincha bolsa ham oilamizga komak sifatida enagalar tolovini amalga oshirishda yordam berib turishlarini sorab, murojaat etdim. Hech qanday komak berolmasliklarini bildirishdi, dedi egizaklarning onasi Marifat Jorayeva.

Malum bolishicha, tuman xotin-qizlar qomitasi raisi Latofat Behbudova oradan bir yil otgan bolishiga qaramasdan, egizaklar tugilgan xonadonga biror marta bormagan.

Mening nomimdan Qozikent mahallasi vakillari bolalar holidan xabar olishgan. Shuningdek, vrachga ham aytib, patronaj xizmatini jonatganman. Oilaga komak sifatida enagalar toloviga komaklashish boyicha esa ijtimoiy bolimga murojaat qilishgan, dedi Latofat Behbudova.

Savol tugiladi: mahalla tuman xotin-qizlar nomidan xabar olgan bolsa, mahalla nomidan kim xabar olar ekan?

Qishloqlarda qishda gaz, elektr energiyasi tashvishlari haddan oshadi. Shu qiyinchiliklardan omon-eson otish uchun otgan yilning avgust oyida tuman markazidagi kop qavatli uylardan xarid qilish maqsadida tuman hokimligiga murojaat etdik. Latofat Behbudova kop qavatli uylarga ega bolishimizda, shuningdek, uning boshlangich badali tolovini amalga oshirishda komaklashilishini bildirdi. Biroq hech qanday komak bolmadi. Keyinchalik tuman hokimiga kredit evaziga uy-joyning boshlangich badalini ham shaxsan ozimiz tolashimizni, faqat bolalarning ertangi kuni uchun tuman markazidan uy-joy chorasini korib qoyishimiz kerakligini bildirdim. Oradan vaqt otib, uy-joyning boshlangich badalini tolab kelganimizdan keyingina tuman markazida qurilishi endi boshlanayotgan uy-joylarga ega bolishimiz togrisidagi hujjatlar imzolandi, dedi Farhod Ismoilov.

Tuman xotin-qizlar qomitasi raisining aytishicha, egizaklar ulgayayotgan xonadonda ijtimoiy ahvol ijobiy. Shu bois, boshlangich badal tolovida ham hech qanday komak korsatilmagan.

Bildirilishicha, ushbu oila tomonidan Ozbekiston Prezidentining virtual qabulxonasiga 2018-yilning avgust oyida 93454-s/18 hamda dekabr oyida 138001-s/18 tartib raqamlari ostida murojaatlar qayd etilgan. Mazkur murojaatlarga tuman hokimi tomonidan Suhbat jarayonida farzandlaringiz bilan shugullanishda xotiningiz Jorayeva Marifat Nosirovna qiynalayotganligini bildirdingiz va Sizga farzandlaringiz bilan shugullanish uchun yordam sifatida komaklashilishi malum qilindi, degan javob xati bilan kifoyalanilgan.

P.S. Jondor tumanidagi Qozikent qishlogida tugilgan egizaklar kurash boyicha 14-marta jahon chempioni, mashhur polvon Ismoil Turobov (vafot etgan)ning evarasi hisoblanadi. Oila boshligi farzandlari Shavkat, Mirziyo va Miromon Turobovlarni ham kelajakda katta bobosi singari polvon bolib kamolga yetishini maqsad qilgan. Ayni paytda Shavkat 12 kg, Mirziyo 9 kg hamda Miromon 10 kg vaznga ega.

Davlat xizmatlari agentligi bergan malumotga kora, 2018-yil 1-yanvardan 2019-yil 7-mayga qadar Ozbekistonda 429 marta uch egizak dunyoga kelgan. 10 dan ortiq holatda egizaklarga Ozbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qoyilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-05-2019, 12:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -