» » O‘zbekistonda pensiyalarni tayinlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

O‘zbekistonda pensiyalarni tayinlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlandi


Moliya vazirligi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiyalarni tayinlashga doir hukumat qarori loyihasini tayyorladi, deb xabar berdi O‘zA.

“Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun zarur hujjatlarni yig‘ish jarayonini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “O‘zarxiv” agentligi hamda tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlovi mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarga elektron so‘rovnomalar yuborish va qabul qilish tizimi orqali amalga oshirilishi;

2020-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahri Bektemir, Yakkasaroy va Chilonzor tuman bo‘limlari orqali, 2020-yilning 1-iyuldan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etilishi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullash belgilangan.

Hujjat loyihasida aytilishicha, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

“a) davlat pensiyalarini tayinlashda fuqaroning ish staji mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining axborot tizimiga kiritilgan elektron ma’lumotlarga asosan hisoblanadi;

b) fuqarolarning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlari:

2005—2015-yillardagi davr uchun - AT “Xalq banki”ning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar;

2016—2018-yillardagi davr uchun - Davlat soliq qo‘mitasining fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri, 2019-yildan keyingi davr uchun esa - ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish reyestri ma’lumotlari asosida tasdiqlanadi.

Ushbu davrlar uchun fuqarolarning mehnat stajini tasdiqlovchi qog‘oz shaklidagi ma’lumotlar talab qilinishi man etiladi”, deyilgan qaror loyihasida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют