» » Surxondaryoning Muzrabot va Oltinsoy tumanlarida davlat xizmatlari markazlari ochildi

Surxondaryoning Muzrabot va Oltinsoy tumanlarida davlat xizmatlari markazlari ochildi


Surxondaryo viloyatining Muzrabot va Oltinsoy tumanlarida davlat xizmatlari markazlari ochildi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Markazlar quruvchi va arxitektorlari xalq kiradigan joy ko‘rkam, barcha qulayliklarga ega bo‘lishi lozimligini inobatga olgan. Kirish yo‘lagidagi zamonaviy resepshnda elektron navbat talonini olish, qaysi oynaga murojaat etish kerakligi tushuntiriladi.

Zal bo‘ylab o‘rnatilgan belgilar davlat xizmatini olish uchun qadamma-qadam yo‘naltiradi. Elektron navbat olish uchun infokiosk ishlab turibdi. Talonni olib, kutish zalidagi shinam o‘rindiqlarga joylashish mumkin. Monitorlar orqali esa navbat kelgani haqida xabardor qilib, qaysi qabul oynasiga o‘tish kerakligi ko‘rsatiladi.

Yanada qulaylik yaratish maqsadida bu yerda bolalar o‘yingohi, ona va bola, tibbiyot xonalari hamda kafe mavjud.

Muzrabot tumani DXM binosida o‘zbek va jahon adabiyot durdonalari namunalaridan iborat kutubxona o‘rin olgan.

Ushbu binodan fuqarolar odatiy davlat xizmatlaridan tashqari notarius va FHDYo organlari xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyatiga ega. Fuqarolar qulayligi uchun binoda bir emas, ikkita bank kassasi faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yilgan.

Tashrif buyuruvchilar bepul WiFi’dan foydalanish imkoniga ega. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun tegishli pandus o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют