» » Nyu-Yorkda ofitsiant o‘ziga choychaqa bermagan ayol unutib qoldirgan 424 ming dollarlik chekni qaytarib berdi (foto)

Nyu-Yorkda ofitsiant o‘ziga choychaqa bermagan ayol unutib qoldirgan 424 ming dollarlik chekni qaytarib berdi (foto)


Manxettendagi Patsy’s pitsseriyasi ofitsianti, 27 yashar talaba Armando Markay stolni yig‘ishtirayotganda toza konvertga ko‘zi tushdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Konvertni ochib ko‘rgan bo‘lajak shifokor unda 424 ming dollarlik chekni topdi. Topilma egasini topolmagach, chekni pitsseriya egasiga topshirdi. U esa nashr tahririyati bilan bog‘lanib, buni qoldirgan keksa ayolni topishda yordam so‘radi.

Chek 79 yoshli sobiq ijtimoiy ta’minot xodimi bo‘lgan ayolga tegishli bo‘lib chiqdi. U oshxonaga kelib, ovqatlanganidan so‘ng choychaqa qoldirmagan ofitsiantdan kechirim so‘radi va pul taklif qildi. Biroq talaba suyunchini olishdan voz kechdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют