» » Qirg‘iziston jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan jinoyatchini Qozog‘istonga topshirdi

Qirg‘iziston jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan jinoyatchini Qozog‘istonga topshirdi


Qirg‘iziston bosh prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etgan Shokan Abilkasimovni berish haqida Qozog‘iston bosh prokuraturasining so‘rovini qanoatlantirdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Qozog‘iston fuqarosi Shokan Abilkasimov Nursultonda istiqomat qiluvchi ayolni guruh bo‘lib zo‘rlash jinoyatini sodir etishda gumonlanuvchi tariqasida xalqaro qidiruvga berilgandi.

2019-yilda Qirg‘iziston huquq-tartibot xodimlari Chuy viloyatining Alamudun qishlog‘ida gumonlanuvchini qo‘lga olgan.

Qozog‘iston fuqarosini ekstraditsiya qilish Qirg‘iziston jazoni ijro etish xizmati tomonidan amalga oshirildi. Abilkasimov vataniga qaytarilib, mamlakatning vakolatli organlariga topshirildi.

Jinoyat 2017-yil yozida Qozog‘iston poytaxtida sodir etilgandi. Jabrlangan ayol jinoyatchilardan qochishga uringan va uy oynasidan sakragan, buning oqibatida jiddiy jarohat olgan.

Jinoiy guruh ishtirokchilardan biri Murat Idrisov deyarli darhol qo‘lga olingan. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Ikkinchi gumonlanuvchi — Shokan Abilqasimov esa qochib ketgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют