» » Rasman: “Atletiko Madrid” Antuan Grizmanning jamoadan ketishini e’lon qildi

Rasman: “Atletiko Madrid” Antuan Grizmanning jamoadan ketishini e’lon qildi


28 yoshli fransiyalik futbolchi mavsum yakunida “Atletiko Madrid” bilan xayrlashadi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

Avvalroq futbolchining “Barselona”ga o‘tishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, 1-iyuldan e’tiboran “Atletiko” Grizmanning tovon pulini 200 million yevrodan 120 million yevroga tushiradi. “Barselona” esa mazkur mablag‘ni to‘lashga rozilik bergan.

Grizmann 2014-yil yozida “Atletiko”ga “Real Sosyedad” jamoasidan 30 million yevro evaziga o‘tgandi.

U madridlklar safida umumiy hisobda 256 ta o‘yin o‘tkazib, 133 ta gol urdi. Antuan jamoa bilan birgalikda Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogi sovrinlariga ega chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют