» » Iste’mol kreditlari va qarzlarining to‘liq qiymatini hisoblash tartibi belgilandi

Iste’mol kreditlari va qarzlarining to‘liq qiymatini hisoblash tartibi belgilandi


Iste’mol kreditlari va qarzlarining to‘liq qiymatini hisoblash tartibi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 905-5, 14.05.2019-y.). Ushbu tartib iste’molchilarga berilgan iste’mol kreditlari va qarzlarning to‘liq qiymatini hisoblash tartibini belgilaydi, deb Adliya vazirligining “Huquqiy-axborot” Telegram-kanali ma’lumot beradi.

Kredit yoki qarzning to‘liq qiymatini hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi to‘lovlari hisobga olinadi:

— asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlar;

— bank foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar – agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa;

— uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar, agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa.

Banklar quyidagi hollarda kredit yoki qarzning to‘liq qiymatini hisoblab chiqishlari shart:

— shartnoma tuzilganda;

— kredit yoki qarz olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit yoki qarz olish shartlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish vaqtida.

Banklar o‘zlarining rasmiy veb say-saytlarida potensial qarz oluvchilarga kredit yoki qarzning to‘liq qiymatini mustaqil hisoblab chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.

Shuningdek, banklar ommaviy axborot vositalari orqali kredit yoki qarz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilganida, ushbu e’londa bankka murojaat etgilganida mijozlarga kredit yoki qarz olish bilan bog‘liq kredit yoki qarzning to‘liq qiymatini hisoblab berilishi haqida axborot berishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют