» » 72-xalqaro Kann kinofestivalida O‘zbekiston milliy paviloni ochildi

72-xalqaro Kann kinofestivalida O‘zbekiston milliy paviloni ochildi


14-may kuni 72-xalqaro Kann festivali doirasidagi March? du Film kinobozorida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

O‘zbekiston milliy paviloni ikkinchi yil mamlakat kinoindustriya salohiyatini Kannda rasman namoyish qilmoqda. Ushbu ko‘rgazma va muzokaralar maydonchasi Yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Milliy kinokomissiyasi tomonidan O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil qilindi.

March? du Film kinobozori bosh tashkilotchisi Arno Menindes O‘zbekiston milliy pavilon ochilishida shaxsan ishtirok etdi.

“Yildan yilga kinobozorimiz geografiyasi kengaymoqda va unda O‘zbekiston ikkinchi yil qatnashayotganidan xursandmiz. Ishonamizki, O‘zbekistonning go‘zal go‘shalari suratga olish uchun jozibali lokatsiya sifatida jahon kinoijodkorlarida qiziqish uyg‘ota oladi”, — dedi Arno Menindes.

Kino sanoati mutaxassislari va ijodkorlardan tarkib topgan O‘zbekiston delegatsiyasining asosiy vazifasi mamlakatning kino lokatsiyalari hamda xorijiy kinoloyihalarni amalga oshirish (koprodakshn) salohiyatini taqdim etishdan iborat.

Milliy pavilon faoliyati davomida xorijlik prodyuserlar va xalqaro kinokompaniyalarni O‘zbekistonda suratga olish uchun jalb qilish, shuningdek, 2019-yil 26—30-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan PROlogue xаlqaro kinofestivaliga dunyoning turli nuqtalaridan qatnashchi va hay’at a’zolarini taklif qilish bo‘yicha uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 47) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют