» » Saudiya Arabistonidagi neft quvuriga Yamandan uchirilgan dronlar hujum qildi

Saudiya Arabistonidagi neft quvuriga Yamandan uchirilgan dronlar hujum qildi


Saudiya Arabistonidagi “Sharq — G‘arb” neft quvurining ikki nasos stansiyasiga dronlar hujum qildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Voqea 14-may kuni tonggi soat 06.00 — 06.30 orasida sodir bo‘lgan. Neft quvuriga portlovchi moddalar yuklangan dronlar hujum qilgan. Oqibatda 8 stansiyada yong‘in sodir bo‘lgan, lekin tezda o‘chirilgan.

Hujum uyushtirilgan neft quvuri mamlakatning sharqiy hududidan g‘arbiy qismida joylashgan portlarga xom-ashyo yetkazib beradi.

Saudiya Arabistoni hukumatiga qarashli bo‘lgan Aramco neft kompaniyasi ushbu hujumni “terakt va diversiya” deb atadi.

Shia isyonchilariga qarashli bo‘lgan “Ansar Alla” guruhi 14-may kuni ertalab Saudiya Arabistoni hududidagi bir necha obyektlarga hujum uyushtirishni rejalashtirayotganini xabar qilgandi. Ular Yaman hududidan turib Saudiyaning muhim infratuzilma obyektlariga zarba berishni rejalashtirgan. Isyonchilarga ko‘ra, hujumlar Saudiya “zo‘ravonlik va qamalni bas qilmagunicha” davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...