» » Bosh prokuratura uyini AQSh dollarida sotayotgan fuqarolar ushlangani haqidagi xabarlarni rad etdi

Bosh prokuratura uyini AQSh dollarida sotayotgan fuqarolar ushlangani haqidagi xabarlarni rad etdi


Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda go‘yoki 2 xonali uyni 25 ming AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtda fuqarolar R.T. hamda N.L.larning ushlangani to‘g‘risida OAVlarda berilgan xabarlar yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy axborot tarqatdi.

“Rasman ma’lum qilamizki, Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan bunday tadbir o‘tkazilmagan va o‘z-o‘zidan fuqarolar R.T. hamda N.L.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177 va 189-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan”, — deyiladi xabarda.

Shunga ko‘ra, muassasa jamoatchilik orasida turli noto‘g‘ri talqin va taxminlar tarqalishining oldini olish maqsadida, ommaviy axborot vositalaridan prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor yoki tergov tadbirlarini yoritishda faqat Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga tayanish va havola keltirishni qat’iy so‘rab qoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют