» » Farg‘onada 4 to‘rt oy mobaynida 7 nafar shaxs oqlandi, 124 kishiga kafillik berdi

Farg‘onada 4 to‘rt oy mobaynida 7 nafar shaxs oqlandi, 124 kishiga kafillik berdi


Farg‘onada joriy yilning 4 oyi davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 7 nafar shaxs oqlandi. Bu haqda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan OAV vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Yoshlar ittifoqi tomonidan 83 nafar, xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 3 nafar, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan 38 nafar shaxsga nisbatan berilgan kafillik sudlar tomonidan inobatga olinib, sudlanuvchilarga nisbatan yengilliklar berilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, tuman va shahar sudlarining ish yurituviga 1153 nafar shaxsga nisbatan 890 ta jinoyat ishi kelib tushgan bo‘lib, 1261 nafar kishiga nisbatan 1002 ta jinoyat ishi tugatilgan.

Matbuot anjumanida Jinoyat va Fuqarolik ishlari, Iqtisodiy va Ma’muriy sud raislari ishtirok etdi hamda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

— Sud-huquq tizimi bilan bog‘liq mavzularni yoritish juda mas’uliyatli. Demak, OAV vakillari uchun qonunshunoslar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mutaxassislari ishtirokidagi o‘quv seminari ham tashkil etish lozim. Uyushma qoshida yaqinda “Huquqiy jurnalistika klubi” ochilib, ish boshladi. Bugungi tadbirda viloyat sud idoralari va jurnalistlarning bu kabi muloqotlari muntazam ravishda o‘tkazilishi bo‘yicha kelishib olindi, – deydi Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют