» » Umid Ahmadjonov o‘rniga MOQqa yangi rahbar saylandi

Umid Ahmadjonov o‘rniga MOQqa yangi rahbar saylandi


O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbari sifatida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonov MOQning yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Milliy olimpiya qo‘mitasida Bosh Assambleya ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etgan. Assambleya nomzod sifatida ko‘rsatilgan Rustam Shoabdurahmonovni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.

Ma’lumot uchun, Rustam Shoabdurahmonov 2001—2005-yillarda Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan. U shuningdek, turli yillarda Makroiqtisodiyot va statistika vaziri va vazir o‘rinbosari sifatida ham ishlagan, 1999—2004-yillarda Oliy Majlis deputati bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Umid Ahmadjonov MOQ prezidenti lavozimidan ozod qilinishi haqida xabar berilgandi. Ahmadjonov prezidentligi davrida o‘zbekistonlik sportchilar bir nechta rekordlarni yangiladi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют