» » Yoshlar ittifoqi faollari davlat granti asosida o‘qiydi

Yoshlar ittifoqi faollari davlat granti asosida o‘qiydi


14 nafar yosh doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari, test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, imtiyozli tavsiyanomaga munosib ko‘rilgan fidoyi o‘g‘il-qizlar tanlab olindi.

Ma’lumki, Prezidentning 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi, tabiiy yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan, yurt kelajagiga daxldorlikni his qiladigan, mehnatsevar va boshqa insoniy fazilatlar egasi bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori qabul qilingan.

“Mazkur qarorda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish maqsadida tavsiyanomalar berish bo‘yicha respublika komissiyasi taqdimnomasi asosida 14 nafar yoshni doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari, test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilish belgilangan. Tanlovning mahalliy bosqichida 2 ming 934 nafar nomzodning arizasi tuman (shahar) komissiyalari tomonidan qabul qilindi. Shundan 1 ming 776 nafari Yoshlar ittifoqining sardori, 741 nafari Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlaridagi yo‘nalish yetakchisi hamda 417 nafari Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi o‘g‘il-qizlardi”, — dedi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi mas’ul xodimi Bahodir Ko‘charov.

Hududlardan saralagan 42 nafar yosh o‘z bilim va ko‘nikmalari haqida so‘zlab, Respublika komissiyasi a’zolari tomonidan berilgan turli yo‘nalishdagi savollarga javob berdi.

“Bu tizimda faoliyatimni boshlaganimga 6 yil bo‘ldi. Shu yillar ichida tengdoshlarim bilan hamfikr bo‘lib ko‘plab loyihalarni amalga oshirdik. O‘zim o‘zbek jang san’ati sport turiga muntazam qatnashganim uchun tengdoshlarimni ham turli sport to‘garaklariga qatnashishga undadim. Ular orasida viloyat va respublika bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlari ham talaygina. Agarda imtiyozli tavsiyanomaga ega bo‘lsam, tarix fani o‘qituvchisi bo‘lmoqchiman” , — deydi Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining o‘quvchisi Perizat Ayapbergenova.

Respublika komissiyasi tomonidan tanlov nizomiga muvofiq 42 nafar nomzodning Yoshlar ittifoqi tizimida erishgan yutuqlari, tizim rivojiga qo‘shgan hissasi, tabiiy yetakchilik qobiliyati va fidoyiligiga alohida e’tibor qaratilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 1 nafardan jami 14 nafar eng munosib yosh tanlab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют