» » O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 73 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 73 yoshida vafot etdi


Bugun, 16-may kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 73 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

O‘zbek adabiyotida Tohir Malik o‘zining “Falak”, “Somon yo‘li elchilari”, “Tiriklik suvi”, “Zaxarli g‘ubor” (“Vasvasa” nomi bilan qayta ishlangan), “Chorrahada qolgan odamlar” (“Devona” nomi bilan qayta ishlangan) va boshqa fantastik, “Charxpalak”, “Qaldirg‘och” (“Savohil” nomi bilan qayta ishlangan), “Bir ko‘cha, bir kecha”, “So‘nggi o‘q”, “Shaytanat”, “Ov”, “Murdalar gapirmaydilar”, “Iblis devori”, “Mehmon tuyg‘ular”, “Jinoyatning uzun yo‘li”, “Odamiylik mulki” singari detektiv va ma’rifiy asarlari bilan tanilgan va kitobxonlarning sevimli adibiga aylangan ijodkor edi.

Tohir Malik “Lenin uchquni”, “Guliston”, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” tahririyatlarida faoliyat yuritgan. O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi bo‘lib xizmat qilgan.

Yozuvchining ijodiy faoliyati hukumat mukofotlari va turli adabiy mukofotlar bilan taqdirlangan. 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют