» » Saida Mirziyoyeva aholini eng ko‘p tashvishga solayotgan 5 ta muammoni sanab o‘tdi

Saida Mirziyoyeva aholini eng ko‘p tashvishga solayotgan 5 ta muammoni sanab o‘tdi


O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bilan muloqotining ilk yakunlarini sarhisob qildi.

“Avvalgi postda yosh avlodni milliy qadriyatlar va insonparvarlik ruhida barkamol etib tarbiyalash bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni amalga oshirishda maktablarning o‘rnini muhokama qildik.

Bildirilgan izohlarga ko‘ra, sizni eng ko‘p tashvishga solayotgan muammolar quyidagilar:

Darslarda uyali telefonlardan foydalanish, maktab kiyimi, o‘quvchilarning huquqiy savodxonligi va bepul futbol maydonlariga oid masalalar ham tilga olindi.

Eng dolzarb masalalarni aniqlashda bergan yordamingiz uchun barchangizga katta rahmat. Tegishli vazirliklar ushbu vazifalarni hal etishni boshlagan.

Shu o‘rinda, jamiyat uchun muhim bo‘lgan bunday masalalar yechimini topish ma’lum vaqt, resurslar, ekspertlar muhokamasi, zarur hujjatlar tayyorlash va albatta har birimizdan tirishqoqlik va biroz tashabbus talab etishini ta’kidlamoqchiman”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva Facebook’dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Saida Mirziyoyeva 12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют