» » Shavkat Mirziyoyev: korxonalar tashkil etilmoqda, endi sifatga e’tibor berish kerak

Shavkat Mirziyoyev: korxonalar tashkil etilmoqda, endi sifatga e’tibor berish kerak


Prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Khantex Group mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Andijon viloyatiga o‘tgan yili may oyidagi tashrif chog‘ida jamiyat tomonidan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab  chiqarish loyihasi taqdim etilgan edi. Bugunga kelib bu rejalar to‘la amalga oshirildi. Ulkan yigiruv sexi binosi qurilib, Shveysariyaning “Riter” kompaniyasidan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi. Hududda yashovchi 400 nafarga yaqin aholi doimiy ish joyiga ega bo‘ldi.

Bu hali dastlabki ishlar. Keyingi bosqichlarda mato to‘qish, uni bo‘yash, tayyor kiyim-kechaklar va sochiqlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 58 million yevro bo‘lib, korxona to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga 9 ming tonnadan ziyod ip-kalava, qariyb 6 million pogona metr gazlama, 10 million donadan ortiq tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. 1500 ta ish o‘rni yaratiladi. Eksport hajmini 40 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan.

Shuningdek, klaster negizida 2 ming tonna yog‘, 7,5 ming tonna shrot, 5,4 ming tonna sheluxa ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy yog‘-ekstraksiya zavodi hamda chorva kompleksi tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Agrotexnika ishlari uchun John Deere va Case kompaniyalarining 13 turdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi keltirilgan.

- Shu paytgacha joylarda turli korxonalarni tashkil etish bo‘yicha ishladik. Endi sifatga e’tibor berish, daromadini oshirish uchun sharoit yaratish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Andijon viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik va tomorqachilik orqali aholi farovonligini oshirishga qaratilgan rejalar, O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют