» » Buxoroda arab tiliga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish rejalashtirilmoqda

Buxoroda arab tiliga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish rejalashtirilmoqda


Buxoro shahrida arab tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalq ta’limi vazirligi “Buxoro shahrida Arab tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Mazkur maktab jahon miqyosida arab tilining mavqei o‘sib borayotganligi hamda BMTning rasmiy tillaridan biri ekanligini inobatga olingan holda, yoshlarni arab tilini puxta o‘zlashtirishga qiziqishini kuchaytirish va kelajakda malakali arabshunos kadrlarni tayyorlash, O‘zbekiston hamda Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida do‘stlik va sheriklik aloqalarini mustahkamlash uchun tashkil qilinmoqda.

Qaror loyihasiga ko‘ra, maktabda davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda arab tilini chuqur o‘qitilishi tashkil etiladi.

Yangi ta’lim muassasasi o‘quvchilarda arab tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini ta’minlaydi.

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga BAAdagi Al-Naxayon maktablarining tajribasidan kelib chiqib, arab tili va adabiyoti, madaniyati, tarixi kabi fanlarining o‘quv rejalarini O‘zbekiston davlat ta’lim standartlarini hisobga olgan holda joriy etish vazifasi yuklatiladi.

2020-2021-o‘quv yilida ixtisoslashtirilgan maktabning 5-, 6-, 7- va 8-sinflariga hamda 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab 5-sinfga 30 nafardan o‘quvchi tanlov asosida qabul qilinadi.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziriga ixtisoslashtirilgan maktabning moddiy-texnik bazasidan, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqini berish rejalashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan maktabga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida ona tili, adabiyot va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik tashxisdan o‘tkazish vazifasi yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 19:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют