» » Toshkent — Issiq-ko‘l yo‘nalishida mavsumiy poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent — Issiq-ko‘l yo‘nalishida mavsumiy poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi


Joriy yil 6-iyunidan boshlab mavsumiy Toshkent — Bishkek — Baliqchi (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida xalqaro yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida sayyohlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan poyezd haftaning har payshanba kuni Toshkent Markaziy vokzalidan kechki soat 20.50 da yo‘lga chiqib, Qozog‘iston hududi orqali harakatlanadi va juma kuni kechki soat 20.29 da Baliqchi vokzaliga yetib boradi. Issiq-ko‘ldan shanba kuni soat 01. 59 da harakatlangan poyezd Toshkent shahriga yakshanba kuni soat 05.00 da yetib keladi.

Xalqaro qatnov O‘zbekistonning “Salar”, “Chuqursoy”, “Keles”, Qozog‘istonning “Sariag‘ach”, “Aris-1”, “Chimkent”, “Mankent”, “Tyulkubas”, “Abail”, “Burnoe”, “Jambul”, “Lugovaya” hamda Qirg‘izistonning “Merke”, “Chalvador”, “Qaindi”, “Qorabolta”, “Belovodsk”, “To‘qmoq” stansiyalari, Bishkek-2 va Baliqchi vokzali orqali amalga oshiriladi.

Toshkent — Bishkek — Baliqchi (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida xalqaro yo‘lovchi poyezdida yo‘lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Vagonlar shinam va yorug‘, sovutish tizimlari bilan jihozlangan. Restoran vagonda sayyohlar va yo‘lovchilar uchun salqin ichimliklar mavjud bo‘lib, tansiq taomlar ham tayyorlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 22:14)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют