» » O‘zbekiston rahbariyati Tohir Malik vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston rahbariyati Tohir Malik vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi


O‘zbekiston rahbariyati taniqli yozuvchi, publitsist va tarjimon Tohir Malik vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Xalqimiz tarixining eng og‘ir davrlarini badiiy yo‘l bilan tasvirlash va jamoatchilikka yetkazishda ham adib ibrat ko‘rsatdi. Ayniqsa, uning o‘zbek ma’rifatparvar ziyolilarining murakkab hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tarixiy asarlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

Tohir Malik yetuk tarjimon sifatida jahon adabiyotining sara namunalarini ona tilimizga mahorat bilan o‘girib, kitobxonlarimizni ulardan bahramand qilish borasida ham samarali mehnat qildi.

El suygan adib jonkuyar tashkilotchi sifatida jamoat ishlarida, madaniy va ma’rifiy jarayonlarda faol ishtirok etdi. Umrining oxiriga qadar Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘zbek tili, ma’naviyat asoslaridan saboq berib, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatdi”, — deyiladi jumladan matnda.

Hamdardlik Shavkat Mirziyoyev, Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Nurdinjon Ismoilov, Abdulla Aripov, Jahongir Ortiqxo‘jayev va Sirojiddin Saidov tomonidan imzolangan hamda 17-may kuni e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 16-may kuni og‘ir xastalikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют