» » Shavkat Mirziyoyev: Maktab oqituvchisining maoshini 1000 dollarga yetkazmoqchimiz

Shavkat Mirziyoyev: Maktab oqituvchisining maoshini 1000 dollarga yetkazmoqchimiz


Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati hokimligida otkazilgan faollar yigilishi davomida talim sohasidagi muammolarga ham toxtaldi, deya xabar bermoqda Kun.uz.

Xonobodda oltita kollej kimga kerak? Undan kora, maktabdagi oqituvchiga 45 barobar koproq oylik berganimizda edi, maktabda traktorni ham, kompyuterni ham orgatardi. Bitta tumanga oltita kollej. Bunga qancha pul ketdi? Albatta, kollej ham kerak, lekin bitta tumanga bitta kollej ham yetardi. Kollejlarga avval oqituvchilarni tayyorlash kerak edi. Hozir esa bor oqituvchilardan ham ayrilib otiribmiz. Borini yoq qildik. Ishonchni yoqotdik, degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov, Oliy va orta maxsus talim vaziri Inom Majidov, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov va boshqa masullardan Andijon viloyatidagi kasb-hunar kollejlari binolari va jihozlarini Xalq talimi vazirligiga otkazish boyicha takliflar berishni soragan, viloyat hududida paydo bolayotgan yangi uy-joy massivlarida maktablar qurish, Xonobod shahridagi 1-sonli, Jalaquduq tumanidagi 20-sonli maktabda kapital tamirlash ishlari amalga oshirish boyicha korsatmalar bergan.

Hisob-kitobini menga beringlar. 10 kun davomida viloyat hokimi bilan, oqsoqollar bilan yigilib, Andijonda nima qilsak, maktabning, oqituvchining obroyini oshirish mumkinligi haqida oylanglar. Keyin Andijon tajribasini respublikaga qollaymiz. Shu kunlarga yetkazsa, maktab oqituvchisining oyligini 1000 dollarga yetkazmoqchimiz. Nima uchun shuncha yil davomida bizda yoldan adashganlar paydo boldi, turli oqimlar paydo boldi? Talim yoq edi, bilim yoq edi, maktab yoq edi. Devorlar bor edi. Bu sohada muammolarimiz kop. Sharoitimiz ogir. Oqituvchi jamiyatning poydevori, deya qoshimcha qilgan Prezident.

Qayd etish joiz, salkam bir yil avval, Andijon viloyatining Ulugnor tumanida bolib otgan faollar yigilishida ham Shavkat Mirziyoyev talim masalalari, xususan, oqituvchilarning maoshiga toxtalib otgan, Qaniydi, qolimda bolsa, birinchi navbatda maktab oqituvchisining oyligini 10 baravar oshirib qoyardim, deb aytgan edi. Shuningdek, osha videoselektorda ham Prezident bitta tumanga bitta kollej yetishini ham takidlagandi: U kollejlarni qurishdan kora, maktabning domlasiga oylik berish kerak edi.

Avvalroq Ozbekiston xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov bir tadbirda shunday degandi: Prezidentimiz har bir videoselektorda oqituvchilar haqida albatta gapirib otadilar, Ularning oyligini 1000 dollarga chiqarmaguncha toxtamaymiz, deb kop aytadilar. Nasib qilsa, albatta, shu darajaga boramiz.



Manba: Daryo.uz
: admin (18-05-2019, 18:29)
+1 (: 1)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -