» » Superliga. “Nasaf” “Qo‘qon-1912”ni, “Surxon“ esa “Qizilqum”ni tor-mor qildi

Superliga. “Nasaf” “Qo‘qon-1912”ni, “Surxon“ esa “Qizilqum”ni tor-mor qildi


18-may, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 9-turi doirasida 2 ta uchrashuv yakunlandi.

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi o‘z maydonida Termizning “Surxon” klubini qabul qildi.

Bellashuvda Termiz klubi a’zolari Darko Stanoyevich (19, penalti), Abdulaziz Yusupov (38, 65) urgan gollarga navoiyliklar yarim himoyachi Alisher Sanayevning goli bilan javob qaytardi (3:1).

Shu tariqa “Surxon” safarda kechgan bahsda “Qizilqum”ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu o‘yin natijasiga ko‘ra, “Surxon” 15 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Qizilqum” 9 ochko jamg‘arib 9-pog‘onani band qilib turibdi.

Shu kuni Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi Qarshining “Nasaf” klubi Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 54 va 56-daqiqalarida qarshiliklar hujumchisi Humoyun Murtazoyev kiritgan gollar maydon egalarining g‘alabasini ta’minladi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Nasaf” ochkolari sonini 14 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Qo‘qon-1912” esa 6 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Superliga

9-tur bahslari

18-may, shanba

Gollar: 0:1 — 19, penalti, Darko Stanoyevich, 0:2 — 38 Abdulaziz Yusupov, 0:3 — 65 Abdulaziz Yusupov, 1:3 — 78 Alisher Sanayev

Gollar: 1:0 — 54 Humoyun Murtazoyev, 2:0 — 56 Humoyun Murtazoyev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 56) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют