» » Energetika vazirligi Fransiya kompaniyasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etadi 

Energetika vazirligi Fransiya kompaniyasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etadi 


16-may kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi va Fransiyaning Assystem Engineeringand Operation Services S.A.S kompaniyasi o‘rtasida energetika sohasida manfaatli texnik hamkorlik olib borish yuzasidan anglashinuv memorandumi imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Bo‘lg‘usi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida “O‘zenerjiinjiniring” qo‘shma korxonasini tashkil etish, shuningdek, O‘zbekistonning atom dasturi doirasida hamkorlik qilish belgilab olindi.

Tomonlar yuqorida ta’kidlangan sohalardagi loyihalarni ishlab chiqish, loyihalarni boshqarish kabi texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rag‘batlantirishni rejalashtirmoqda.

Memorandum uch yilga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik doirasida har yili uzaytirilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют