» » O‘zbekistonlik taksichi Sankt-Peterburgda uni to‘xtatishga uringan politsiyachiga tutqich bermay, poyga uyushtirdi (video)

O‘zbekistonlik taksichi Sankt-Peterburgda uni to‘xtatishga uringan politsiyachiga tutqich bermay, poyga uyushtirdi (video)


DPS inspektori Sankt-Peterburg markazida tunda Skoda Rapid rusumli taksi mashinasini to‘xtatishga urindi, biroq haydovchi unga bo‘ysunmadi. Tezlikni oshirib, avtomobillar oqimiga qo‘shilib ketdi, deya xabar beradi “Nuz.uz”.

Skoda svetofor oldida to‘xtaganida inspektor mashinaga yetib oldi. Politsiyachi qurolini chiqarib, avtomobil eshigini ochmoqchi bo‘lganida taksi joyidan qo‘zg‘aldi va qarama-qarshi yo‘lga chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

DPS xodimlari metroning Chkalov bekati yaqinidagina haydovchini hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Rossiya IIV Sankt-Peterburg bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, taksini ijara shartnomasi asosida 21 yashar O‘zbekiston fuqarosi boshqargan. U oldin ham mast holatda mashina mingani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют