» » Namanganda navbatdagi adliya sayli o‘tkazildi (foto)

Namanganda navbatdagi adliya sayli o‘tkazildi (foto)


Chust tumanidagi Mavlono Lutfulloh nomli madaniyat va istirohat bog‘ida adliya sayli o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat adliya boshqarmasi ma’lum qildi.

Mazkur tadbir davomida aholiga huquqiy tushuntirish berish bilan bir qatorda, ularga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash, kredit ajratish, uy-joy ta’minoti, tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratish bo‘yicha maslahatlar berilib, bu borada jami 300 dan ortiq muammolar aniqlandi.

Aniqlangan muammolarning 40 tasi o‘z o‘rnida bartaraf etilib, qolgan muammoli masalalarning qonuniy yechimi bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda muammolarni hal etish vakolatiga ega bo‘lgan idoralarga ijro uchun yuborildi.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturiga muvofiq, Markaziy bank Namangan viloyat bosh boshqarmasi hamda tijorat banklari tuman filiallari tomonidan bank xizmatlariga oid burchaklar tashkil etilib, fuqarolarga banklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, kreditlar turlari va ularni rasmiylashtirish tartib-qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining mahsulotlari yarmarkasi, mehnat yarmarkasi, yuridik va badiiy kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi, bayram dasturi namoyish etildi. Mazkur dasturda qo‘shiqchilar, so‘z ustalari, raqqosalar, milliy cholg‘u asboblari ustalari, dorbozlar o‘zlarining chiqishlari bilan saylga tashrif buyurgan fuqarolarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Adliya vazirligining “Biz birgamiz!” loyihasining mantiqiy davomi sifatida nogironlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi o‘tkaziladi. Shuningdek, imtiyozli kreditlar asosida beriladigan zamonaviy issiqxona hamda qishloq hujaligi texnikasi namunalari ko‘rsatildi.

Street law loyihasini keng joriy qilish maqsadida ko‘ngillilar guruhi o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan huquqiy savodxonlikni aniqlovchi tezkor test loyihasi o‘tkazildi. Test natijalariga ko‘ra eng faol va huquqiy bilimi yuqori bo‘lgan ishtirokchilarga sovg‘a sifatida kitoblar topshirildi.

Targ‘ibot tadbirlari davomida aholini qiynayotgan muammolar, ularning yechimlari, shuningdek, huquqiy savodxonlik darajasini aniqlash maqsadida ishchi guruhlar tomonidan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazildi. Sayyor qabul jarayonida aholiga huquqiy tushuntirish berish bilan bir qatorda, ularning murojaatlari belgilangan tartibda idora va tashkilotlar tomonidan ish yurituviga qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют