» » Samarqandda bir oilaning 5 a’zosini o‘ldirganlar 22 mln so‘m va Samsung telefonini qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi. Ular marhumlar bilan mahalladosh bo‘lgan

Samarqandda bir oilaning 5 a’zosini o‘ldirganlar 22 mln so‘m va Samsung telefonini qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi. Ular marhumlar bilan mahalladosh bo‘lgan


Avval xabar qilinganidek, Samarqand viloyatida fuqaro A.X. va uning oila a’zolari (jami 5 nafar) jasadlari qotillik alomatlari bilan topilganligi holati yuzasidan Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, tergov-tezkor guruhi amalga oshirgan keng qamrovli tadbirlar natijasida jinoyat fosh etildi. Ushbu mahallada yashovchi G‘.T. (1981-yilda tug‘ilgan, ishsiz), J.U. (1993-yil, ishsiz), Sh.E. (1995-yil, ishsiz) va X.N. (1996-yil, ishsiz) noqonuniy boylik orttirish maqsadida joriy yil 15-mayga o‘tar kechasi marhum A.X.ning xonadoniga yashirincha kirib, ularning uxlab yotganligidan foydalanib, o‘zlari bilan olib kelgan temir bo‘laklari bilan bosh, yuz va jag‘ qismlariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirib, xonadondan 22 million so‘m va marhum J.I.ning Samsung Galaxy A8 rusumli telefonini qo‘lga kiritgan.

Shundan so‘ng jinoyat izlarini yashirish maqsadida marhum J.I.ga tegishli Damas rusumli mashinaga jasadlarni yuklab, avtomobilni Qo‘shrabot tumani, “Do‘stlik” MFY., “Boqichig‘atoy” qishlog‘idagi dalaga tashlab ketishgan.

Gumon qilinuvchilar G‘.T., J.U., Sh.E. hamda X.N.ning sodir etgan jinoyatlari ularning iqrorlik ko‘rsatuvlari, gumon qilinuvchilarning ko‘rsatuvlarini hodisa joyida tekshirish tergov harakatlari, ashyoviy dalil tariqasida olingan jinoyat qurollari bo‘lgan 4 dona temir bo‘laklari, marhum J.I.ga tegishli bo‘lgan Samsung Galaxy A8 rusumli telefon apparati, marhumlarga tegishli bo‘lgan pul mablag‘lari, jinoyat sodir etish vaqtida gumon qilinuvchilarning egnida bo‘lgan kiyimlari va boshqa dalillar majmui bilan to‘liq tasdiqlanmoqda.

19-may kuni G‘.T., J.U., Sh.E. va X.N.lar Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j”, “i” ,“p” bandlari bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют