» » Tojikistondagi qamoqxonada mahbuslarning isyon ko‘tarishi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi

Tojikistondagi qamoqxonada mahbuslarning isyon ko‘tarishi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi


19-may, yakshanba kuni kechqurun Dushanbe shahridan 15 kilometr janubi-sharqda joylashgan Vaxdat shahridagi qat’iy rejimdagi koloniyada yuz bergan isyon oqibatida uch nafar qo‘riqchi va 29 nafar mahbus o‘ldirildi. Bu haqda Tojikiston adliya vaziri o‘rinbosari, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Mansurjon Umarovning so‘zlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“G‘alayon davomida koloniyaning uch nafar nazoratchisi va 29 nafar mahbus o‘ldirildi. Shu bilan birga, ularning sakkiz nafari mahbuslarning o‘zi tomonidan o‘ldirilgan”, — dedi u.

Tojikiston Adliya vazirligi xabar berishicha, 19-may kuni soat 20:30 da Vaxdat shahridagi 3-sonli qattiq tartibli koloniya – “G‘isht zonasi”da mahbuslar tomonidan isyon keltirib chiqarilgan.

“Adliya vazirligining Jinoiy jazolarni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli, Vaxdat shahridagi 3/2-sonli axloq tuzatish koloniyasida bo‘lgan IShID terrorchilik tashkilotining 30 nafar o‘ta xavfli tarafdori pichoq va tig‘li buyumlar bilan qurollanib koloniya uch nafar xodimini garovga oldi va o‘ldirdi. Ular qamoqxonadan qochishga uringan”, — deyiladi matbuot uchun xabarnomada.

Bu koloniya Tojikiston Adliya vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tasarrufiga kiradi, unda qariyb 1500 mahbus saqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют