» » OAV: Ekvadorda yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

OAV: Ekvadorda yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi


Ekvadorda bir necha haftadan buyon davom etayotgan yomg‘ir va toshqinlar oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy El Comercio gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Ekvador prezidenti Rafael Korrea tomonidan taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 123 turar-joy vayron bo‘lgan. Suv toshqinlari va ko‘chkilar minglab ekvadorlik oilalarga zarar yetkazgan.

276 kishi vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirildi. Mingga yaqin aholi uy-joysiz qoldi, ammo vaqtincha qarindoshlarinikiga ko‘chib o‘tdi. Mamlakatning Manabi, Guayas, Napo, El-Oro va Los-Rios kabi provinsiyalari ayniqsa jiddiy zarar ko‘rdi.

Qo‘shni Peruda yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan toshqinlarda halok bo‘lganlar soni 72 kishiga yetdi. Avvalroq 60 kishi ofat qurboni bo‘lgani, 11 kishi esa bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi. Perudagi toshqinlardan 572 ming kishi jabr ko‘rdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют