» » O‘zbekistonda 2019—2021-yillarda 271 ta tikuv-trikotaj majmuasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda 2019—2021-yillarda 271 ta tikuv-trikotaj majmuasi tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, 2019—2021-yillar davomida respublika hududlarida “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan yengil konstruksiyali yoki bo‘sh turgan bino va inshootlar negizida tashkil etiladigan 271 ta tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualar yaratiladi.

Majmualar foydalanishga qabul qilinganidan so‘ng ularni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan korxonalarga yoki tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boshqa tadbirkorlik sub’ektlariga 5 yil muddatga, 10 foizdan ortiq bo‘lmagan stavkada lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga beriladi.

“O‘zpaxtasanoat” AJ “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda bir oy muddatda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon va mamlakatimizda ishlab chiqariladigan qurilish materiallaridan foydalangan holda majmualarni tashkil etish bo‘yicha yakka tartibdagi namunaviy loyihalarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

“O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalariga loyihalarni amalga oshirish doirasida istisno tariqasida:

Loyihalarni amalga oshirish doirasida (2022-yil 1-yanvarga qadar):

“O‘zpaxtasanoat” AJ:

Loyihalarni amalga oshirishning moliyaviy manbalari:

– “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining tijorat banklari uchun ochilgan kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan 366 milliard so‘m miqdorida uzoq muddatli kreditlar;

– Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari 50 milliard so‘m miqdorida kreditlar;

– “O‘zpaxtasanoat” AJ va uning tizimidagi korxonalarning taqsimlanmagan sof foydasi hamda o‘z mablag‘lari (300 mlrd so‘m).

Qo‘llanilgan imtiyoz va preferensiyalar hisobiga jamlangan va tayyor tikuv-trikotaj majmularini lizingga yoki sotib olish sharti bilan ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar, keyingi yillarda qurilishi rejalashtirilgan majmualarga yo‘naltiriladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

– aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, lekin 5 foizli punktdan yuqori bo‘lmagan holda;

– asbob-uskunalarni sotib olish maqsadida berilgan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida kompensatsiya qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют