» » Suriyadagi Rossiya harbiy bazasiga raketa zarbasi berildi

Suriyadagi Rossiya harbiy bazasiga raketa zarbasi berildi


Terrorchilar raketalar yordamida Suriyadagi Rossiya harbiy bazasiga hujum qildi, deb yozadi Sputnik.

Rossiya mudofaa vazirligi xabarida aytilishicha, “Jabhat an-Nusra” tashkiloti terrorchilari Xmeymim Rossiya aviabazasiga raketa hujumini amalga oshirdi.

Ushbu terrorchilik guruhi Idlib hududida provakatsiya qilish va o‘qqa tutishni davom ettirmoqda.

Aviabaza tomon jami 6 ta raketa otildi, lekin ular aviabaza havo mudofaa tizimidan o‘ta olmadi.

Rossiyalik mutaxassislar terrorchilar raketa otish nuqtalari Kafer-Noblda joylashganini aniqladi. Ular havo kosmik kuchlari zarbalari bilan yo‘q qilindi. Shuningdek, ikkita uchuvchisiz apparat urib tushirildi.

Idlib provinsiyasi jangarilar tayanch nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Bashar Asadning qo‘shinlari uni deyarli nazorat qilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida Suriyadagi Rossiya aviabazasiga hujum uyushtirilgan edi. Unda jangarilar bir sutka ichida ikki marta Suriyadagi Rossiya Xmeymim aviabazasiga hujum qilgandi.

Aviabaza tomon jami 36 ta raketa uchirilgan. Jangarilar zarbalarni uchuvchisiz apparatlar yordamida boshqargan.

Havoga qarshi mudofaa tizimi terrorchilar hujumini qaytargandi. Rossiya havo kuchlari terrorchilarning barcha raketa otish nuqtalarini yo‘q qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют