» » Namanganda pora evaziga shifoxonaga ishga joylashni va’da qilganlar va ularning sherigiga jazo tayinlandi

Namanganda pora evaziga shifoxonaga ishga joylashni va’da qilganlar va ularning sherigiga jazo tayinlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi tomonidan pora berishga undagan Rahim Murodov, Baxtiyor Aliyev va Zaynab Botirovaga (ism-shariflar o‘zgartirilgan) jazo tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga JIB Namangan shahar sudi sudyasi Nodirbek Raimqulov ma’lum qildi.

Namangan viloyat Bandlik boshqarmasi davlat mehnat huquq inspektori lavozimida ishlab kelgan R.Murodov ushbu boshqarma yetakchi mutaxassisi bo‘lib ishlagan B.Aliyevga yuqumli kasalliklar shifoxonasida hamshiralik bo‘sh ish o‘rni borligi, 200 AQSh dollari evaziga o‘zining tanishlari orqali ishga joylab qo‘yishi, buning uchun nomzod topishini aytib, u bilan o‘zaro kelishib oladi.

Shundan so‘ng B.Aliyev bu haqda tanishi, Namangan shahar markaziy shifoxonasi hamshirasi Z.Botirova bilan gaplashib, ishga kirmoqchi bo‘lganlarni hamshira sifatida joylash mumkinligini aytib, xizmat haqi 500 AQSh dollari bo‘lishini bildiradi.

Ular xizmat mavqelaridan foydalanib, fuqaro Odina Mamatovaning ishonchiga kirib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi. Pora bermasa ishga kirish qiyinligiga ishontirib, shifoxona rahbarlariga pul berishga qiziqtirib, jabrlanuvchidan 500 AQSh dollari talab qiladi.

Sudlanuvchilar joriy yil yanvar oyida jabrlanuvchidan kelishilgan 500 AQSh dolllarini olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qilish idorasi xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olinadi va jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Sudda ushbu jinoyat ishini ko‘rib chiqish davomida sudlanuvchilarning sodir etgan jinoiy harakati aybiga iqror bo‘lib bergan ko‘rsatmalari, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalaridan tashqari, O.Mamatovaning jinoyat haqidagi arizasi, stenogramma, narsani olish, pulga kimyoviy ishlov berish va tadbir o‘tkazish haqidagi bayonnomalar, sudga oid ekspertiza xulosasi hamda ishdagi boshqa dalillar bilan o‘z isbotini topdi.

Sud Rahim Murodovni 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining 105 baravari miqdorida jarima jazosi, Baxtiyor Aliyevni Bandlik tizimida ishlash huquqidan mahrum qilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi, Zaynab Botirovaga ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 02:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют