» » AQShlik erkak o‘z qizini o‘g‘ri deb o‘ylab otib qo‘ydi

AQShlik erkak o‘z qizini o‘g‘ri deb o‘ylab otib qo‘ydi


Janubiy Karolina shtatida yashovchi erkak o‘z qizini “uyga kirishga urinayotgan o‘g‘ri” deb o‘ylab otib qo‘ydi. Qiz voqea joyida halok bo‘lgan, ota esa hibsga olingan, deb xabar beradi Forum Daily.

43 yoshli Jermeyna Tramone Pressli 23 yoshli qizi Nadeyji Presslini otib qo‘ygani haqidagi xabar mahalliy politsiya idorasi tomonidan ma’lum qilingan. Hozirda Jermeyna Pressliga nisbatan givohvand moddalarni tarqatish bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, tergov ishlari yakuniga yetmagani sabab Presslini o‘z qizining o‘limida ayblab bo‘lmaydi.

Erkak Grinvill okrugidagi hibsda ushlab turish markazida saqlanmoqda, u garov evaziga ozodlikka chiqish huquqidan foydalana olmaydi.

23 yoshli Nadeyji soat 01:15 larda Yang-strit ko‘chasida joylashgan uyiga kirayotgan vaqtida o‘q yegan va halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют