» » Energetika xartiyasining yig‘ilishlarida O‘zbekistonning doimiy vakili ishtiroki ta’minlanadi

Energetika xartiyasining yig‘ilishlarida O‘zbekistonning doimiy vakili ishtiroki ta’minlanadi


16-may kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov Xalqaro energetika xartiyasi Bosh kotibi Urban Rusnak bilan uchrashdi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekistonning energetika sohasidagi islohotlarini va bu jarayonda Energetika xartiyasining ishtiroki masalasini muhokama qildi. Urban Rusnak Energetika vazirligiga 1994-yildagi Energetika xartiyasiga ilova etilayotgan shartnoma loyihasini ko‘rib chiqib, taklif va sharhlar bildirish borasida iltimos bilan murojaat qildi.

Shuningdek, Urban Rusnak Energetika xartiyasining yig‘ilishlarida O‘zbekistonning doimiy vakili ishtirokini ta’minlash masalasini ko‘tardi. Energetika xartiyasi energetika sohasida to‘plagan amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashishga va zarur ekspert va mutaxassislarni jalb etish borasida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Urban Rusnak kelgusidagi hamkorlik rejalari haqida gapirar ekan, energetika sohasidagi islohotlarga hamda sohaga aloqador qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish borasida amaliy seminar tashkil etishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Tomonlar energetika sohasida islohotlar o‘tkazish va mavjud muammolarni tezkorlikda hal etish maqsadida aloqador vazirliklar mutaxassislari ishtirokida ishchi guruh tashkil etish xususida kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют