» » Indoneziya muxolifati uch kun ichida prezident saylovi natijalaridan arz qilishi mumkin

Indoneziya muxolifati uch kun ichida prezident saylovi natijalaridan arz qilishi mumkin


Indoneziya prezidentiga muxolifatchi nomzod Prabovo Subianto uch kun ichida saylov natijalaridan shikoyat qilish uchun Konstitutsion sudga murojaat etishi mumkin. “TASS”ning xabar berishicha, bu haqda Markaziy salov komissiyasi raisi Arif Budiman 17-aprel kunidagi saylov natijalarini e’lon qilayotganida aytgan.

“Agar Subianto vakillari oliy sudlov organiga murojaat qilmasa, 24-mayda saylov g‘olibi (mamlakatning amaldagi rahbari) Joko Vidoda 2019—2024-yillarga Indoneziya prezidenti deb e’lon qilinadi”, — degan Budiman.

MSK raisi 21-may kuni saylov natijalariga ko‘ra, Vidido 55,5 foiz ovoz to‘plaganini, uning yagona raqibi Subianto esa 44,5 foiz ovoz olganini ma’lum qildi.

Shu bilar birga, natijalar e’lon qilinganidan so‘ng muxolifatchi nomzod tarafdorlari taqdim etilgan saylov natijalari yakuniy bayonnomasini imzolashdan bosh tortdi. Avvalroq Subianto “ovozlarni hisoblab chiqishda amaldagi prezidentning g‘olib bo‘lishiga yordam berayotgan tizimli va qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yilayotgani”ni aytgan.

Kutilganidek, saylov natijalari 22-may kuni e’lon qilinishi kerak edi. MSK esa, ehtimol, muxolifatchilar tarafdorlarining ommaviy chiqishidan xavotir olib, saylov natijalarini bir kun avval e’lon qilishga qaror qilgan.

Rejalashtirilayotgan norozilik aksiyasini “Islomni himoya qilish harakati 212” vakillari tashkillashtirmoqda. Ular o‘tgan haftadan boshlab mamlakatning turli shaharlaridan aksiya ishtirokchilarini yig‘ishni va ularni Jakartaga yuborishni boshlagan.

Bu harakat har xil islomiy guruhlarni, jumladan radikallarni birlashtirgan norasmiy tashkilotdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют