» » Tramp AQSh kompaniyalari Xitoydan chiqib ketishini ma’lum qildi

Tramp AQSh kompaniyalari Xitoydan chiqib ketishini ma’lum qildi


AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Xitoydan keltirilayotgan tovarlarga boj to‘lovi joriy etilishi Amerika kompaniyalarining Xitoydan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.

“RBK”ning xabar berishicha, Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyuda boj to‘lovining sezilarli darajada ko‘tarishi kompaniyalarni ishlab chiqarishni Xitoydan Vyetnamga va Osiyoning boshqa mamlakatlariga ko‘chirishga undashini aytgan. Uning fikricha, bunga xitoyliklarning o‘zi aybdor.

Amerika prezidentining ta’kidlashicha, AQShda ham, Xitoyda ham juda yaxshi savdo kelishuvini tuzish imkoniyati bor edi. Lekin Pekin bularning barchasini o‘zgartirishga qaror qildi.

“Men mayli, dedim, unda biz boj to‘lovini ko‘taramiz”, — degan Tramp.

U, shuningdek, sobiq vitse-prezident Jo Beydenning Xitoyga bo‘lgan pozitsiyasini tanqid qilgan.

“U Xitoy bizga raqobatchi emasligini aytdi. Aslida esa Xitoy yirik raqobatchi. Ular butun dunyoni egallab olmoqchi”,  — degan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Vashington 10-maydan AQShga keltiriladigan Xitoy tovarlariga boj to‘lovini 10 foizdan bira to‘la 25 foizga oshirgan edi. Tramp buni Pekinning ikki mamlakat o‘rtasida tuzilgan savdo bitimi buzganligi oqibati ekanligini aytgan. Xitoy hukumati bunga qarshi “afsus bilan” javob chorasini ko‘rishini bildirgan.

Shunday bo‘ldi ham. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha Davlat kengashining 13-maydagi topshirig‘iga binoan, 2019-yilning 1-iyunidan boshlab umumiy qiymati 60 milliard dollarni tashkil etgan AQShdan import qilingan bir qator tovarlarga boj to‘lovi ko‘tarildi. Endi u 10 foizdan 25 foizgacha bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют