» » O‘zbekistonda avtomobil chiroqlari savdosi avjiga chiqdi. Bundan kim foyda ko‘rmoqda? (video)

O‘zbekistonda avtomobil chiroqlari savdosi avjiga chiqdi. Bundan kim foyda ko‘rmoqda? (video)


O‘zbekistonda bugungi kunda avtomobil chiroqlari bilan savdo qiluvchi do‘konlarda xaridorlar ko‘paygan. Bir kunda birgina do‘konda 30-40 ta mashina chirog‘i sotilmoqda. Bu yuzasidan O‘zA muxbiri Anora Sodiqova surishtiruv o‘tkazgan.

Avtomobilni o‘t oldirish bilan yoqilib, o‘chirish bilan birgalikda o‘chadigan chiroqlar ham mavjud. Ular 3500 so‘m bo‘lib ularni o‘rnatish ham 30-40 ming so‘m baholanadi. Haydovchilar chiroqlarni yoqib qoldirishdan xavfsirab, ana shunday o‘t oldirish bilan yoqiluvchi chiroqlarga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda. Shu kunlarda esa avtomobil sozlovchi ustaxonalarda odam gavjum. Chiroqlar masalasi haydovchilar manzilini ustaxonaga qaratmoqda.

Avtomobil ehtiyot qismlari bilan savdo qiluvchi do‘konlarda yaqinni yorituvchi chiroqlarning 5 mingdan 200 ming so‘mgacha narxlanuvchi turlari mavjud. Aholining aytishicha, mazkur qonun amalga kirmasidan avval ularning narxi 10 foizga arzonroq bo‘lgan.

Chiroqlarni o‘rnatish o‘rta hisobda 20-30 daqiqa va 30-40 ming so‘mgacha mablag‘ingizni oladi. Haydovchilarning dalolat berishicha, ular chiroqlarni kuyib qolishi, qayta-qayta vaqt va pul sarflanishdan aziyat chekmoqda. Yangi qoida kuchga kirganiga 10 kun bo‘lganiga qaramay, ba’zi haydovchilar chiroqlarni bir necha bor almashtirganliklarini ta’kidlamoqda.

“Avtoritet” do‘koni sotuvchi konsultantining fikricha, avtomobillar uchun mo‘ljallangan har qanday chiroqlar issiq kun davomida uzoq yoqib yurish oqibatida yong‘inga sabab bo‘ladi. U xoh Xitoy, xoh Yevropa mahsuloti bo‘lsin, uni ulab turuvchi moslama 72 millimetr bo‘lib, qizib ketsa, qisqa tutashuvdan yong‘in sodir bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislarni fikricha, uzoq yoqilsa-da, kuyib qolmaydigan yoki yonib ketmaydigan chiroqlarning o‘zi mavjud emas. Led chiroqlari maxsus sovitgichga ega ekani sababli qancha uzoq yoqilmasin, qizib ketmaydi. Biroq ularni ishlatish O‘zbekistonda taqiqlangan bo‘lib, ular qarama-qarshi yo‘lda harakatlanayotgan avtomobil haydovchisiga xalaqit qiladi.

Yana bir ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan bo‘lgan Akfa Lighting kompaniyasi ham avtomobil chiroqlarini ehtiyot qismlar bozoriga olib kirgan. Ular bozorda yangi bo‘lgani uchun mahalliy ishlab chiqaruvchi chiroqlari do‘konlarda uchramadi.

Poytaxt ko‘chalarida bir qancha piyodalarni suhbatga chorlab avtomobillarning kunduz kuni yoritilgan chiroqlari ularni hushyorlikka chorlayotgani borasida so‘radik. Ularning ko‘pchiligi oftobning tig‘ida chiroqlarni payqamaganliklarini tan olmoqda.

Xulosa shuki, yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishning aynan haydovchilarni yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurishlarini talab qiluvchi qismi hozirda aholi emas, ko‘proq chiroq ishlab chiqaruvchilar, ehtiyot qismlar bilan savdo qiluvchi do‘kondor va avtomobil ustalarini xursand qilmoqda. Xalq esa kunduz kuni chiroq yoqib yurishdan hozircha manfaatdor emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют