» » Tojikistonda barcha yirik qidiruv saytlari blokirovka qilindi

Tojikistonda barcha yirik qidiruv saytlari blokirovka qilindi


Tojikiston 20-may, dushanba kunidan boshlab barcha yirik qidiruv saytlarga kirish imkoni chekladi. Bu haqda mamlakatda faoliyat ko‘rsatuvchi telekommunitsiya kompaniyalar tasdiqlagan ma’lumotga tayanib Sputnik xabar qiladi.

“Hukumat butun mamlakat bo‘ylab qidiruv saytlarini blokirovka qilish haqida qarorni qabul qildi”, — deb ma’lum qilindi Tcell, “Bilayn” va “Megafon” kompaniyalarda.

Prezident matbuot xizmatida hukumat tomonidan bunday qaror yoki farmoyish qabul qilinmaganini ma’lum qilindi. Vakolatli bo‘lgan idora — Aloqa xizmati esa izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, 19-may, yakshanba kuni Dushanbe yaqinidagi Vaxdat shahrida qattiq tartibli koloniyada mahbuslar isyon ko‘tardi. Buning oqibatida uch nafar qo‘riqchi va 29 nafar mahbus o‘ldirildi. Koloniyada jami 1500 mahbus bo‘lgan.

Tojikiston IIV ma’lumotiga ko‘ra, isyon “Islom davlati” a’zolari tomonidan amalga oshirilgan. 25 nafar halok bo‘lgan mahbuslar terrorchilik tashkilotlarga aloqador bo‘lgani uchun qamalgan.

Isyon bartaraf etildi, koloniya ish tartibi tiklandi, isyonda ishtirok etgan 35 nafar mahbus qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют