» » Vladimir Zelenskiy ilk bor daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’lon qildi

Vladimir Zelenskiy ilk bor daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’lon qildi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk bor daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

2018-yil davomida Zelenskiy 9,7 million griven (370 ming dollar atrofida) ishlab topgan. U Kiyev viloyatida uy va yer uchastkasi, Kiyev shahrida kvartirasi (yana ikkitasida ulushi bor) borligini ko‘rsatgan.

Shuningdek, deklaratsiyada Italiyadagi villa va Londonda ijaraga olingan ikki kvartira qayd etilgan.

Zelenskiy bir necha kompaniyada ulushi va bank hisob raqamlari, shuningdek, naqd pullari — 100 ming yevro va 190 ming dollarga egaligini ham ko‘rsatib o‘tgan.

Ukraina prezidentining rafiqasi o‘z deklaratsiyada, jumladan, Krimda kvartirasi borligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют