» » Andijondagi sobiq masjid binosi nima sababdan kimoshdi savdosiga qoyildi?

Andijondagi sobiq masjid binosi nima sababdan kimoshdi savdosiga qoyildi?


Xabar.uz nashrida Andijonda sotuvga qoyilgan masjid hamda uning atrofidagi mashmashalar haqida maqola chop etildi. Quyida maqola toligicha havola etildi.

Andijon shahridagi sobiq masjid binosida yashayotgan oilalarga uy-joy berilgani xob yaxshi ish boldi-da. Ayniqsa, Ramazonda! Muborak oyda amalga oshirilgan xayrli ishlarning savobini ayting...

Sobiq masjid binosining ozi-chi? Uning taqdiri nima boladi?

Sobiq masjid binosi deyayotganimiz qolma-qol bolishi natijasida hujjatlarda savdo va mashiy binolarga aylanib, Andijon shahar hokimligi huzuridagi infratuzilma mulklarini boshqarish markazi tasarrufiga otib ketgan obyekt ekanini koplar ilgayotgan bolsa kerak. Ozmuncha yozilyaptimi bu haqda? Andijon shahridagi Dostlik kochasi 7-manzilda joylashgan bu obyektga hazilakam mehnat va mablag ketmagandir?! Axir, umumiy foydalanish maydoni 1 716,24 kv. metr, qurilish maydoni 1 931,86 kv. metr bolgan 18 ta xonadan iborat ikki qavatli binoni kotarib, juda sifatli holda tamirdan chiqarishning ozi bolmaydi-da.

Barcha chiqimlar homiylik va hashar yoli bilan amalga oshirilgani etiborga olinsa, bu dargohning gisht-u sinchiga savobtalablarning mehnati, mablagidan tashqari mehriyam singganini his etish mumkin.

Mazkur obyekt ayni paytda rasman sotuvga qoyilgani bugun kimga sir? Sababi ham malum: avval aytilganidek, Andijondagi Eldaz Design degan masuliyati cheklangan jamiyat Aloqabankning viloyat filialidan 1 150 000 000 som kredit olarkan, garovga sobiq masjid binosi qoyib yuboriladi. Kredit tolovlari vaqtida amalga oshirilmagani sabab ish sudgacha yetib, Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining shu yil 24-yanvardagi hal qiluv qaroriga kora undiruv garovdagi mulklarga qaratiladi.

Ayni paytda sobiq masjid binosining Majburiy ijro byurosi changaliga tushib, kimoshdi savdosiga chiqib ketishining boisi shu.

Bu yogi nima boladi?

Hozirda sud qarori qonuniy kuchda. Demak, sud qarori bekor bolmaguncha voqealar rivoji kelgan joyidan shu zaylda davom etaveradi. Chunki, masalaga sud qarorini bekor qilishdan boshqa huquqiy yechim yoq. Buning uchun yuqori bosqichga murojaat qilish talab etiladi.

Hamma balo shundaki, yuqori bosqichga javobgarlar Eldaz Design MChJ va Andijon shahar hokimligi huzuridagi infratuzilma mulklarini boshqarish markazidan boshqa subektning murojaat qilish huquqi yoq. Javobgar esa sud boshlanishi hamono oq bayroqni kotarib, taslim bolgan-qolgan...

Masjid binosi garovga qoyilib, kredit olinishini mutasaddilar tadbirkorlikni (tadbirkorni desak togri boladi aslida) qollab-quvvatlash bilan boglashi aniq. Har holda hujjatlar shunga dalolat qilmoqda. Yaniki, Eldaz Design MChJ xomashyo sotib olishga mablagi yoqligi bois kredit masalasida amaliy yordam sorab, Andijon shahar hokimligiga murojaat qilgan. Mutasaddilar bunga labbay deya javob berar ekan, shahar hokimligi huzuridagi infratuzilma mulklarini boshqarish markazi balansidagi sobiq masjid binosini qoshqollab garovga qoyishadi.

Xullas, kredit masalasi favqulodda hal etiladiki, bunaqa tezkorlik rivojlangan Garbda ham uchramasa kerak.

Mana, qarang: Eldaz Design MChJ otgan yilning 16 mart kuni kerakli miqdordagi kreditni sorab, Aloqabankning Andijon filialiga murojaat etadi va... shu kunning ozida murodi hosil boladi?!

Tasavvur qilyapsizmi buni?!

Yaniki, osha kuniyoq tomonlar ortasida garovga qoyilayotgan obektning boshlangich bahosi kelishilib, dalolatnoma tuzadilar. Vakolatli baholovchilar sobiq masjid binosining narxini 1 mlrd. 651 million 775 ming 108 som deyishgan ekan. Biroq tomonlar bozor holatidan kelib chiqib uning bahosini 767 million 500 ming som etib belgilashadi (tafovutning kattaligini qarang!).

Yana deng, bank mutasaddilari shu kunning ozida (!) yigilish otkazib, korsatilgan miqdordagi kreditni berish haqida qaror chiqarishga ulgurgani-chi?

Mazkur qaror siyohi qurib-qurimay kredit shartnomasi ham imzolanadiki, bunday tezkorlikdan hayratlanmay iloj yoq...

Shu orinda eslatib otish shart: kredit 18 oy muddatga (yillik 20 foiz ustama tolash sharti bilan 3 oy imtiyozli davri bilan) berilgandi...

Voqealarning keyingi rivoji malum.

MChJ kredit tolovini vaqtida amalga oshirmaydi. Vassalom.

Bank sudga murojaat qilgan paytda (2019-yil, yanvar) kreditning qaytarilmagan tani 1 milliard 116 million. 761 somni, muddati otgan foizlari miqdori 53 million somdan oshib, penyasi esa ikki yarim million somni qoralab qolgandi...

Qayd etilgan raqamlar MChJ kredit tolovlarini vaqtida amalga oshirish haqida hatto jiddiyroq oylamaganini mantiqan tasdiqlamayaptimi? Chunki kongil toq-da: doppi tor kelsa, bank garovdagi mulklarni oladi, jonini emas.

Shunday boldi ham. Mana, bank amalda masjid, qogozda savdo va maishiy binolarga ega chiqib turibdi.

Yuqoridagi manzaralar masjid binosidan unumli foydalanish uchun oylangan hiylai shariymi yoki sirli va sehrli kredit olishdagi oyinlardan belgi beruvchi aysbergning uchimi?

Bu savolning javobi prokuratura organlariga tan.

Andijon aholi eng zid yashaydigan hudud. Shaharni-ku, aytmang: burunga qongan pashshani haydamoqchi bolgan odamning qoli qoshnining yuziga tushadi. Har qarich yer oltinga barobar. Agar rostdanam savdo va maishiy bino bolganida ushbu obyekt tadbirkor-u uddaburon andijonliklar ortasida talash bolib, allaqachon egasini topib ketardi, ishonovring! Biroq kop yillardan beri masjid sifatida foydalanib kelingani, zamona zayli bilan maqomini yoqotganiga qaramay bu maskanga birorta boyvachcha ot solmagani sababiyam shunda bolsa, ehtimol. Chunki, masjid Allohning uyi, uni sotib olib, ishlab chiqarishmi yoki savdo uyimi, ishqilib, tijorat maskaniga aylantirishga birim ikki bolsin degan hammayam jurat qilolmaydi. Moddiy manfaatdan etiqod quvvati baland kelaveradi bunday holatda. Zotan, etiqod hassos tuygu, u bilan hatto hazillashib bolmaydi.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-05-2019, 09:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -