» » The Times: Britaniya bosh vaziri Tereza Mey iste’foga chiqishini 24-may kuni e’lon qiladi

The Times: Britaniya bosh vaziri Tereza Mey iste’foga chiqishini 24-may kuni e’lon qiladi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey iste’foga chiqishi haqida 24-may kuni ma’lum qilmoqchi, deya xabar bermoqda The Times. “Kommersant”ning yozishicha, buning sabablaridan biri sifatida Tereza Mey tomonidan may oyida taqdim etilgan Brexit bitimining yangi versiyasi hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlamaganligi ko‘rsatilmoqda.

“U so‘nggi qadamni tashlashga qaror qilgan edi, lekin buning iloji bo‘lmasa, demak u bu yo‘lni tark etadi”, — degan bosh vazirning safdoshlaridan biri.

Ushbu qaror haqida Konservatorlar partiyasi yetakchilarini saylash va ularni o‘zgartirish bilan shug‘ullanuvchi 1922-yil qo‘mitasi rahbari Grem Breydi bilan 24-may kuniga rejalashtirilgan uchrashuvdan so‘ng e’lon qilinishi mumkin.

Avvalroq Buyuk Britaniya parlamenti quyi palatasi yetakchisi Andrea Lidsom iste’foga chiqishini e’lon qilgandi. U Brexit bo‘yicha bosh vazir fikriga va u taklif qilgan shartlarga qo‘shilmasligini bildirgan. Lidsom xonimning aytishicha, taklif qilinayotgan kelishuv Buyuk Britaniyaga “haqiqiy suveren” bo‘lishga yordam bermaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют