» » Habib Nurmagomedov jamoasining diskvalifikatsiyasi qisqartirildi

Habib Nurmagomedov jamoasining diskvalifikatsiyasi qisqartirildi


Nevada shtati atletika komissiyasi Zubayra Tuxugov hamda Abubakar Nurmagomedovning diskvalifikatsiyasi muddatini 35 kunga qisqartirdi. Bu ularga Abu-Dabidagi UFC 242 musobaqasida ishtirok etish imkonini beradi.

Habib Nurmagomedov ham ushbu musobaqada ishtirok etadi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram’ida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Zubayra Tuxugov va Abubakar Nurmagomedov UFC 229 musobaqasi doirasida Konor Makgregor hamda Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi jangdan so‘ng yuzaga kelgan janjaldagi ishtiroki uchun bir yilga diskvalifikatsiya qilingandi.

Qayd etish joiz, jang tugagach Habib Nurmagomedov raqibining sekundanti Dillon Dennis bilan oktagon tashqarisida janjallashib ketgandi. Bu vaqtda esa Tuxugov va Abubakar Nurmagomedov Konorga hujum qilgandi. Natijada ikkala jangchi bir yilga, Habib esa 9 oyga janglardan chetlatilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют