» » Iste’molga yaroqsiz bo‘lib chiqqan “shifobaxsh” suv, 6 yoshli bolasini 15 mln so‘mga pullamoqchi bo‘lgan ayol, Ozarbayjon prezidenti qizining tashrifi va kunning boshqa xabarlari

Iste’molga yaroqsiz bo‘lib chiqqan “shifobaxsh” suv, 6 yoshli bolasini 15 mln so‘mga pullamoqchi bo‘lgan ayol, Ozarbayjon prezidenti qizining tashrifi va kunning boshqa xabarlari


23-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Avvalroq Namangan viloyatining Chust tumanidagi fermer xo‘jaligi yeridan “o‘ta shifobaxsh” suv chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Davlat sanitariya epidemiologiya markazidan ma’lum qilinishicha, dastlabki tezkor tekshiruv natijalariga ko‘ra, artezian qudug‘idan nasos orqali tortib olinayotgan bu suv iste’molga yaroqsiz. Suvning tarkibini chuqur tahlil qilish tegishli ilmiy muassasalar hamkorligida davom ettiriladi.

***

Navoiylik ayol 6 yashar bolasini 15 mln so‘mga sotayotganda ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Sh.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

***

Ozarbayjon prezidentining katta qizi Laylo Aliyeva Samarqandga keldi.

U Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Ulug‘bek observatoriyasi va Bibixonim masjidi bilan tanishishga ulgurdi.

***

O‘zbekistonning qaysi hududlarida ishsizlik darajasi eng yuqori ekanligi ma’lum qilindi.

Eng yuqori ishsizlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan. Ishga muhtoj aholi soni – 1 million 391 ming kishi.

***

Buxoro aeroportida 2,5 asrlik qadimiy tangani olib ketayotgan yo‘lovchi to‘xtatildi.

“Buxoro—Moskva” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib ketayotgan fuqaro o‘zi bilan 1750-yilda zarb etilgan qadimiy tangani olib ketishga uringan chog‘ida to‘xtatib qolindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют