» » Surxondaryoda oziga qabr qazdirib, tiriklayin kommoqchi bolganlarga sud hukmi oqildi

Surxondaryoda oziga qabr qazdirib, tiriklayin kommoqchi bolganlarga sud hukmi oqildi


Jinoyat ishlari boyicha Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman sudidagi ochiq sud majlisida jinoiy til biriktirgan aybdorlar Ozbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan ayblandi va sud hukmi oqildi, deya xabar berdi OzA.

Jarqorgonlik N.Ibragimov, N.Temirov va X.Axmedov moddiy naf korish maqsadida 2018-yil 1-sentabr kuni jinoiy til biriktirib, reja tuzishgan. Jinoiy rejaga kora, Jarqorgon tumanidagi Cholbegi chinor fermer xojaligi rahbari N.Ibragimov Obod baraka siymo fermer xojaligining raisi A.Eshnazarovni chaqirtirib, N.Temirov bilan uchrashtirish vazifasini alo darajada bajaradi. Rejaning keyingi bosqichida N.Temirov va X.Ahmedov A.Eshnazarovga turli xil vajlarni bahona qilib, undan tovlamachilik yoli bilan pul olishni maqsad qilingan.

Avvaliga N.Ibragimov menga Avaz va Navroz bilan muammongiz bor ekan. Bu muammoni hal qilish kerak, dedi. Mening muammom bolsa, ozim hal qilaman dedim. Undan keyin Nozim Temirov va Husniddin Ahmedov bilan Uzumzor mahallasi hududidagi adirlikka bordik. Oz-ozidan Nozim Husniddinni qiynab ura boshladi. Keyin mashinadagi belkurakni menga berib Yerni kovla ozingga gor qaziysan degach, belkurakni olib bir metrlar chuqur kovlaganimdan song chuqurga tushishimni aytdi. Agar ellik million som bersang, senga teginmayman. Bu voqea haqida kimgadir aytib qoysang, ozingni ham, oilangdagilarni ham ayab otirmayman popisasidan qorqib ketdim. Uning shartiga rozi ekanligimni aytganimdan song qolimga daftar ruchka berib Ellik million som Temirov Nozimdan qarz oldim deb yozib qol qoyishimni aytdi. Yozib qol qoyganimdan keyin N.Temirov va X.Ahmedov ham qol qoydi. Ozimga tegishli fermer xojaligining muhrini bosganimdan song mashinamni sotish harakatiga tushdik. Bu orada N.Temirovning jiyani S.Arapov yonimga kelib Olti million som bersang, yozgan tilxatingni va videotasvir tushirilgan fleshkani ozim yoq qilaman, bular ham seni tinch qoyadi deb tazyiq otkazgan bolsa, N.Temirov esa mashinamni sotib bergan ottiz yetti million somga qanoat qilmasdan Mana seni tilxating, telefonimda videotasviring bor, agar biror kishiga aytsang seni oilang bilan birga oldirib yuboraman. Qolgan on uch million som qarzingni ham tezroq qaytar deb qilgan iddaolari viloyat IIBga murojaat qilishga majbur qildi.

Nasimbek Ibragimov Jarqorgon tumanidagi Cholbegi chinor fermer xojaligining raisi bolib ishlaydi. Bu jinoyatga aloqasi yoqligini takidlar ekan, quyidagilarni sozlab berdi:

Alisher Eshnazarov bilan kop yillardan buyon hamkorlikda ishlaymiz. Faoliyatimiz bir-biriga oxshash bolgani uchun bir necha marotaba oldi-berdi ham qilganmiz. 2017-yil qarz soraganida, ozi rahbarlik qilayotgan Obod baraka siymo fermer xojaligi hisob raqamiga 2017-yil yigirma million som pulni kochirish yoli bilan qarz sifatida otkazgandim. Biroz vaqt otib, ushbu pullardan on sakkiz million somni qaytarib, qolgan ikki million somni keyinroq berishini aytgandi. Qarz bergan bolsam ham biror marta A.Eshnazarovga zoravonlik qilganim yoq.

N.Ibragimov sudda yolgon korsatma berganligi malum bolgach, fermer qopchilikning oldida uyatga qoldi. Surishtiruv davomida ATB Agrobank Jarqorgon filialining 2018-yil 18-noyabrdagi xatiga kora Cholbegi chinor va Obod baraka siymo fermer xojaliklari ortasida pul mablaglari yaqin on yil ichida otkazilmaganligi aniqlandi. Kreditga olgan mashinasini sotishga majburlandi.

A.Eshnazarov 2018-yil yozining ilk kunlarida yaxshi niyatlar bilan bankdan turmush ortogi D.Xurramovaning nomiga Cobalt rusumli avtomashinasini kredit asosida olib, sentabr oyigacha avtomashina kreditlarini oz vaqtida tolab kelgan.

Uyushgan jinoyatchilar qarmogiga tushib qolib, oz jonini himoya qilishga uringan A.Eshnazarov kredit asosida olgan mashinasi uyushgan jinoyatchilarning qistovi va ishtirokida denovlik xaridorga toqson bir million somga sotishga kelishgan.

Nozimni tazyiqi ostida Denov tumanida yashovchi Z.Ashurovga kreditdagi mashinamni toqson bir million somga sotdim. Pulning ottiz yetti million somini bergan Z.Ashurov qolgan qirq uch million besh yuz ming somni avtomashinaning krediti uchun ozi tolashiga va rasmiylashtirish davomida yana on million besh yuz ming somni berishiga kelishdik.

Avvaliga Jarqorgon tumani Paxtaobod mahallasida joylashgan bilyardxonasiga olib borib qoyishni soragan Nozim mashinadan tushar ekan Alisher Eshnazarovga shu yerda kutib turishini, bir joyga borib kelishini aytib, ozi bilyardxonadan belkurak, oq polietilen paketda pichoq va arqon olib chiqib, A.Eshnazarovga Jarqorgon tumani, Uzumzor mahallasi hududidagi adirlikka olib borib qoyishni soragan.

Cobalt avtomashinasida aytilgan joyga yaqinlashganda Nozimning rejasiga kora yolga chiqib turgan Husniddinni ham mashinaga mindirib olishdi. Manzilga yetgan, oz-ozidan Husniddinni urib, uni oldirishga shaylangan Nozimning vajohatidan Alisher chochib ketdi. A.Eshnazarovning ruhiy holatiga tasir otkazish uchun Husniddinning qolini arqon bilan boglab qoygan Nozim Alisherning qoliga belkurakni berib, yerni qabr shaklida kovlashni buyurdi. Alisher Nozimning topshirigi bilan qabr shaklida qazilgan chuqurlikka tushishdi. Eng dahshatlisi, qollarini ozi bilan olib borgan arqon bilan boglab, boyniga pichoq tirab, oldirishga uringan.

Togrisini aytsam, ozimdan kora oilamni, farzandlarimni yoqotishdan qorqdim, deydi A.Eshnazarov. Ularning talabiga rozi boldim. Shundan song oz mashinamda yana bilyarxonaga qaytayotganimizda Nozim tanishlaridan biriga mashinamning 4ta gildiragini yechib berib yubordi. Shundan song bilyardxona ichkarisiga meni qamab qoyishdi. Ular menga zorlik ishlatib gayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilishdi. Qorongu xonada Nozimdan jabr korganini, unga qarshi chiqib bolmasligini, kerak bolganda pul, boylik uchun otasini ham ayamasligini bot-bot takrorlagan Husniddin ham aslida Nozim uchun ishlaganini keyin bildim.

37 million pulni bolib olgan shovvozlar 3 millionini ehson qilishgan Alisher Eshnazarovning avtomashinasini sotishdan tushgan ottiz yetti million somni olgan Nozim Temirov A.Eshnazarovga yana on ikki million som berishni aytib, iddao qilgan. Osongina jinoiy yol bilan olingan ottiz yetti million somni otgan yilning 3-sentabr kuni kechki vaqtda N.Temirov, N.Ibragimov va X.Ahmedov ozaro bolib olib, ushbu puldan uch million somini Jarqorgon tumanidagi Toraxon ogli Ahmadxon jome masjidiga ehson qilishgan.

Jarqorgon tumani Obodguzar mahallasidagi Toraxon ogli Ahmadxon jome masjidida qorovul bolib ishlayman, deydi S.Ahmedov.

3-sentabr kuni taxminan soat 22:00 larda H.Ahmedov va N.Temirov masjidga kelib, imomni sorashdi. U kishi ertaga ertalab kelishini aytganimda, Bizni ertaga kelishga vaqtimiz yoq, ozingiz berib qoyasiz deya, uch million somni ehson sifatida berib ketishdi. Ertasi kuni ertalab masjid imomi O.Shonazarovga omonatni topshirdim.

N.Ibragimov N.Temirov va H.Ahmedov bilan jinoiy til biriktirib, ular bilan A.Eshnazarovni qorqitib, undan tovlamachilik yoli bilan pul olishni va bevosita ushbu holatni amalga oshirishni N.Temirov va H.Ahmedovga yuklatgan. N.Temirov ozining tashabbusi bilan A.Eshnazarovni oldirish bilan qorqitgan va ushbu holatda H.Ahmedov unga komaklashgan, bundan tashqari N.Ibragimov voqea joyida bolmagan, A.Eshnazarovni oldirish yoki zorlik ishlatish bilan qorqitmagan hamda uni zorlik ishlatib, gayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilmagan, u faqatgina tovlamachilik jinoyati sodir etilishiga tashkilotchilik qilgan.

Sudlanuvchi N.Ibragimov va S.Arapov Ozbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi v bandida, sudlanuvchi N.Temirov va H.Ahmedov Ozbekiston Respublikasi JKning 112-moddasi 1-qismi, 138-moddasi 1-qismi va 165-moddasi 2-qismi v bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishgan, deydi Jinoyat ishlari boyicha Qiziriq tuman sudi raisi Baxtiyor Mamadaminov. Sudlanuvchi N.Ibragimov 4 (tort) yilga, N.Temirov 5 (besh) yil 3 (uch) oy, H.Ahmedov 3 (uch) yil 6 (olti) oy, S.Arapov 3 (uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi



Manba: Daryo.uz
: admin (24-05-2019, 11:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
:
-
:
20 ... -