» » Tonirovka uchun jarima miqdori keskin oshirildi

Tonirovka uchun jarima miqdori keskin oshirildi


Ozbekiston Respublikasi prezidenti Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taminlash bilan bogliq ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonunni imzoladi, deb xabar berdi Kun.uz.

Ozbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga quyidagi ozgartish va qoshimchalar kiritildi:

126-moddaning (Kozgusimon va (yoki) tusi ozgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni korishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish) matni quyidagi tahrirda bayon etildi:

Texnik reglamentga muvofiq bolmagan kozgusimon va (yoki) tusi ozgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining ornidan tevarak-atrofni korishni cheklaydigan qoshimcha narsalar ornatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini ozgartirish (qoraytirish) uchuntegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno,

eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boladi (avval - eng kam ish haqining bir baravari miqdorida).

Xuddi shunday huquqbuzarlik mamuriy jazo chorasi qollanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bolsa,

eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boladi (avval - eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida).



Manba: Daryo.uz
: admin (24-05-2019, 13:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -