» » “Bavariya” Leroy Sane uchun katta mablag‘ taklif qiladi

“Bavariya” Leroy Sane uchun katta mablag‘ taklif qiladi


“Bavariya” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Leroy Sanega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Manbada yozilishicha, Myunxen klubi Leroy uchun 70 mln funt to‘lashga tayyor. Nemislar tez orada “Siti”ga bu borada taklif yuboradi.

“Qizillar” Sane transferi bo‘yicha “mankunianlar”ning qarorini bilmoqchi. Avvalroq myunxenliklar prezidenti Uli Hyoness klub 23 yoshli germaniyalik futbolchiga qiziqish bildirayotganini tasdiqlagandi.

Sanening o‘zi ham “shaharliklar” safidan ketishni xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, Leroy Sane joriy mavsum Premyer liga doirasida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgandi va 11 ta golli pas bergandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют